UzAvto Motors bir qancha Chevrolet avtomobillariga chegirmalar eʼlon qildi

eʼlon qilindi
Chegirmalar 1-martdan amal qiladi
Foto: Avtostrada

1-martdan boshlab UzAvto Motors bir qancha Chevrolet avtomobillari uchun chegirmalar eʼlon qildi.

Unga koʻra, Chevrolet Onix va Captiva — 15 million soʻm, Equinox — 25 million soʻm, Traverse — 48 million soʻm va Tahoe — 70 million soʻmga bahorgi chegirmalarga qoʻyilganligini koʻrish mumkin.

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda 2023-yilda umumiy hisobda 1,69 mln dona avtomashina sotilgan.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilga Oʻzbekiston avtomobil bozori qariyb 18 foizga oʻsgani haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek