CAREC qishloq xoʻjaligi universitetlarining yagona tarmogʻini yaratmoqchi

eʼlon qilindi
Tashabbus Toshkent shahrida e'lon qilindi
Foto: CAREC

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (CAREC) dasturining ishchi guruhi qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlari tarmogʻini yaratish zarurligini muhokama qildi.

Bunday universitetlar iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha tadqiqotlarni takomillashtirib, qishloq xoʻjaligi va suv resurslarini rivojlantiradi.

Foto: CAREC

Tashabbus loyihasi 29-fevral va 1-mart kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan CAREC ishchi guruhining inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha birinchi yigʻilishida maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, CAREC 11 davlat va hamkorlarni oʻzida birlashtiradi. Oʻzbekiston kashkilotga 2010-yilda qoʻshilgan. Dastur Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan 1997-yilda Markaziy Osiyo davlatlari bilan Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida boshlangan.

Avvalroq Kursiv NeMolchi.uz media-loyihasi CAREC mukofoti sovrindori boʻlgani haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek