“Khorezm Insulation Group” qoʻshma korxonasi eksport hajmini oshirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Polipropilen va polietilen ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida Urganch shahrida joylashgan «Khorezm Insulation Group» qoʻshma korxonasiga boʻldi.

Majmua issiqlik izolyatsion bazalt plitalar ishlab chiqaruvchi moʻljallangan bo‘lib, kelgusi yillarda ishlab chiqarish va eksport hajmini keskin oshirishni rejalashtirmoqda.

Korxonaning yillik quvvati 30 ming tonna boʻlib, qurilish sanoatiga talab yuqori mahsulotlar yetkazib beriladi. Shuningdek, Rossiya va qoʻshni davlatlarga $10 million eksport qilish imkoniyati yaratiladi.

Ayni paytda korxonada 15 ming tonna polipropilen va polietilen tola ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda. Natijada 80 ta yangi ish oʻrni yaratilishi, yana $10 millionlik eksport quvvati yaratilishi moʻljallangan.

Avvalroq «Kursiv» Xorazm viloyatida qiymati $10 milliard boʻlgan gaz-kimyo investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek