UzAirways mahalliy reyslar sonini ko‘paytiradi

eʼlon qilindi
Parvozlar soni haftasiga 140 tagacha oshiriladi
Foto: Piqsels

Uzbekistan Airways mahalliy reyslar sonini haftasiga 140 taga yetkazadi, dedi «O‘zbekiston havo yo‘llari» AK axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbayeva.

Hozirda aviakompaniya haftasiga 87 ta mahalliy reyslarni amalga oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways Navroʻz bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston boʻylab parvozlar uchun chiptalar narxini pasaytiradi. Chegirmalar 21 martdan 24 martgacha amal qiladi.

Avvalroq Kursiv UzAirways Farg‘onadan Krasnoyarskga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edi.

Shuningdek