Sayyohlar uchun Xorazmda “Oʻzbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi

eʼlon qilindi
Bu tashabbusni davlat rahbari ma'lum qildi
Foto: Uzbekistan Travel

Sayyohlar uchun «Oʻzbekiston – mening ikkinchi uyim» viza tizimi yoʻlga qoʻyiladi, bu xorijlik mehmonlarga Xorazm viloyatida bir yil cheklovsiz qolish imkonini beradi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmdagi yigʻilishda maʼlum qildi.

Davlat rahbari viloyatda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha uch yillik dastur qabul qilinishini qoʻshimcha qildi. Shuningdek, turizm Xorazmning asosiy drayverlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Xiva shahrida 24 soatlik restoranlar, kafelar va oziq-ovqat doʻkonlari ochiladi. Prezident Urganchda «Lazgi» va «Avesta» muzeylarini ochishni ham taklif qildi.

Urganch va mamlakatimizning boshqa shaharlariga aviachiptalar narxini pasaytirish imkonini beruvchi 30 milliard soʻmlik subsidiyalar ajratilishi rejalashtirildi.

Shuningdek, Urganch aeroportini boshqarish va modernizatsiya qilishda xususiy sherik jalb etish muhimligini taʼkidladi.

«Urganch-Xiva» trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

Avvalroq «Kursiv» Samarqand viloyatida togʻ turizmi rivojlantirilishi haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek