Urganch tumani Chakka-sholikor qishlogʻida texnopark tashkil qilinib, 2024-yil oxirigacha u yerda $100 millionlik loyihalar ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda faollar bilan yigʻilishda maʼlum qildi.
Texnopark elektrotexnika, toʻqimachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi.
Davlat rahbari Oʻzbekiston xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida qiymati $10 milliarddan ortiq gaz-kimyo majmuasini qurish boʻyicha muzokaralar olib borayotganini qoʻshimcha qildi.
Yangi korxona yiliga 2,4 million tonna polimer ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatiga Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasidan $100 mln ajratiladi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda investorlarning Oʻzbekistonga investitsiya oqimi 22,1 foizga oshgani haqida ma’lum qilgan edi.