AQSh Gʻazo sektoriga gumanitar yordam joʻnatadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Amerika prezidenti Jo Bayden ma'lum qildi
Foto: Unsplash

AQSh prezidenti Jo Bayden Vashington yaqin orada Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordami yuborishini maʼlum qildi.

«Yaqin kunlarda biz Iordaniya va boshqa mamlakatlardagi doʻstlarimizga qoʻshilib, Gʻazoga qoʻshimcha oziq-ovqat va materiallarni havo orqali olib oʻtamiz», — dedi Bayden Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni bilan uchrashuvda.

Gʻazo sektori Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 29-fevral holatiga koʻra, anklavdagi qurbonlar soni 30 ming kishidan ortgan.

130 dan ortiq odam Falastinning XAMAS harakati jangarilari qoʻlida asirlikda. Isroil rasmiylariga koʻra, oʻgʻirlab ketilganlarning koʻpi allaqachon vafot etgan.

2024-yil fevral oyi oxirida Bayden Qoʻshma Shtatlar Isroil va Falastinning XAMAS guruhi oʻrtasidagi jangovar harakatlar toʻxtatilishiga umid qilayotgani haqida maʼlum qilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Isroil Falastin aholisini evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqani haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek