AQSh O‘zbekistonda Yashil vodorod markazi ishga tushirilishida amaliy yordam beradi

eʼlon qilindi
Tashabbus USAID tomonidan taqdim etildi

Foto: Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Oʻzbekistonda Yashil vodorod markazini yaratish loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Amerikaning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashabbus ikki davlat vakillari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov va USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori vazifasini bajaruvchi Edvard Mixalski tomonidan muhokama qilindi.

«USAID Markaziy Osiyo mamlakatlarini toza energiya va boshqa energiya ustuvorliklariga erishish yoʻlida qoʻllab-quvvatlashga harakat qilmoqda, chunki bu shunchaki maqsad emas, balki zaruratdir», — dedi Mixalski loyiha taqdimotida.

Taklif etilayotgan markaz energetika sohasi mutaxassislarining yashil energiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, markaz mintaqaning kelajakdagi energetika landshaftini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bungacha agentlik Delaver universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasida yashil vodorod boʻyicha yangi oʻquv dasturini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻygan edi.

Avvalroq «Kursiv» Xitoyning PowerChina kompaniyasi Oʻzbekistonda «yashil vodorod» ishlab chiqaruvchi zavod qurilishida ishtirok etayotgani haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek