Moskva muzeylariga Oʻzbekistonning madaniy merosiga oid kitoblar taqdim qilindi

eʼlon qilindi
Kitoblarni O‘zbekiston elchisi taqdim qildi
Foto: Society.uz

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Moskvadagi ikkita muzeyga «Oʻzbekiston madaniy merosi» kitob-albomlarini taqdim qildi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Kitoblar Butunrossiya dekorativ-tasviriy va xalq sanʼat hamda Sharq xalqlari sanʼati davlat muzeylariga taqdim qilindi.

Kitoblarni topshirish marosimida Asadov ushbu tadbir ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam boʻlishini taʼkidladi.

«50 jildlik kitob-albomlarning taqdimoti shunchaki xayriya aksiyasi emas, balki Oʻzbekiston va Rossiya tarixi, anʼanalari va madaniyati oʻrtasidagi koʻprikdir», — dedi Oʻzbekiston elchixonasi matbuot xizmati.

Kitoblarda Oʻzbekiston va xorijiy muzeylarda saqlanayotgan arxeologik topilmalar, meʼmoriy yodgorliklar haqida maʼlumotlar bor.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil fevral oyi oxirida Saida Mirziyoyeva Dohada Oʻzbekistonning hunarmandchilik anʼanalarini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek