Oʻzbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlar uchun jarimalar kuchaytirildi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident qonuni chiqdi
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda daraxtlar va boshqa oʻsimliklarni noqonuniy kesish yoki ularga zarar yetkazish uchun maʼmuriy jazo choralari kuchaytirildi. Bu to‘g‘risida prezident Shavkat Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi.

Ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 50 baravari miqdorida – 8,5 million soʻmdan 17 million soʻmgacha jarima toʻlashlari kerak boʻladi.

Ma’lumot uchun, Ilgari jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha edi.

Mansabdor shaxslar uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravargacha, yaʼni 17 million soʻmdan 23,8 million soʻmgacha oshirildi.

Shuningdek, noyob daraxt turlarining nobud boʻlishi yoki zararlanishiga olib kelgan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun ham — 50 baravardan 75 baravargacha (17 million soʻmdan 25,5 million soʻmgacha) jarima joriy etiladi.

qolaversa, daraxt va butalarga zarar etkazgan huquqbuzarlar uch yil davomida shunga oʻxshash oʻsimliklar ekish va ularga gʻamxoʻrlik qilishlari kerak boʻladi.

Avvalroq «Kursiv» poytaxtda daraxtlarga sertifikat berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek