Oʻzbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 8,4 foizgacha pasaydi

eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra
Foto: Freepik

2024-yil fevral oyida inflyatsiya yillik koʻrsatkichda 8,35 foizgacha pasaydi. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 12,2 foizni tashkil qilgan.

Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 8,7 foizga, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar mos ravishda 7,4 va 9,1 foizga oshdi.

Yillik koʻrsatkichda guruch narxi 31,3 foizga, mol goʻshti 9 foizga, shakar 10,1 foizga oshgan.

Shu bilan birga, yil davomida issiq suv uchun tariflar 1,1 foizga, elektr energiyasi uchun 2,2 foizga, sovuq suv va kanalizatsiya uchun tariflar 67,6 foizga oshdi.

Yil davomida benzin narxi 23,3 foizga, propan va metan narxi mos ravishda 15,7 va 20,5 foizga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar oyida respublikada narxlarning yuqori oʻsishini qayd etgan oʻzbekistonliklarning ulushi 29,3 foizdan 23,2 foizga tushib, yangi minimumga aylandi.

Avvalroq «Kursiv» AQSh Moliya vazirligi dunyoning aksariyat mamlakatlarida inflyatsiya pasayishini kutayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek