OpenAI Ilon Maskning ayblovlariga javob berdi

eʼlon qilindi
Amerikalik milliarder mart oyi boshida sudga murojaat qilgan
Foto: Unsplash

OpenAI amerikalik milliarder Ilon Maskning kompaniyaga qarshi daʼvosiga javob berdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

SpaceX va Tesla asoschisi San-Fransiskoda OpenAI va uning bosh direktori Sem Altman ustidan sudga murojaat qildi.

Tadbirkor ularni xavfsiz sunʼiy intellektni yaratish boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganlikda ayblamoqda. Shuningdek, Mask OpenAI Microsoft korporatsiyasining shoʻba korxonasi boʻlganiga ishonadi.

Eslatmada OpenAI strategiyasi boʻyicha bosh direktori Jeyson Kvon startap mustaqil va Microsoftga raqobatchi ekanligini taʼkidladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Maskning daʼvosi Ilonning «bugungi kunda kompaniyaga aloqador emasligidan afsuslanishi» bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Malumot uchun, Ilon Mask 2015-yilda OpenAI asoschilaridan biri boʻlgan, biroq uch yildan soʻng Altman bilan kelishmovchiliklar tufayli loyihani tark etgan.

Avvalroq «Kursiv» Sem Altman sunʼiy intellekt xalqaro regulyatorini yaratish tarafdori ekanini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek