AQSh G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda

eʼlon qilindi
Bunday rejimni olti hafta muddatga o'rnatish taklif qilinmoqda
Foto: Pixabay

AQSh rasmiylari Falastinning HAMAS guruhini G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqirdi. Bunday rejimni vaqtincha, olti hafta muddatga o’rnatish taklif qilinmoqda. Reuters xabariga ko’ra, AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris bunga chaqirdi.

Xarris AQShning Alabama shtatida bo’lib o’tgan tadbirda «G’azo sektoridagi dahshatli azob-uqubatlarni hisobga olgan holda, zudlik bilan o’t ochishni to’xtatish kerak», dedi. Uning qo‘shimcha qilishicha, tegishli taklif rasman HAMASga yuborilgan.

Shu bilan birga, vitse-prezident Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berish hajmini oshirishni ta’minlashi kerakligini ta’kidladi: “G‘azoda odamlar ochlikdan qiynalmoqda. U yerdagi sharoitlar g‘ayriinsoniy. (…) Isroil hukumati yordam oqimini sezilarli darajada oshirish uchun ko’proq harakat qilishi kerak. Hech qanday bahona bo’lmasligi kerak».

Yakshanba kuni HAMAS delegatsiyasi sulh bo‘yicha muzokaralarning so‘nggi bosqichida ishtirok etish uchun Qohiraga yetib keldi. Vashington fikricha, kelishuvga erishish allaqachon yaqin.

Avvalroq «Kursiv» AQSh G‘azo sektoriga gumanitar yordam jo‘natishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek