Bloomberg O‘zbekiston turizmi haqida aytib beradi

eʼlon qilindi
O‘zR elchixonasida kompaniya vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Foto: Dunyo

O‘zbekistonning biznes va sayyohlik salohiyati Amerikaning «Bloomberg Media» kompaniyasi nashrlarida taqdim etiladi. Mamlakat elchixonasi bu borada Bloomberg Media’ning Yevropa bo‘limi hukumat bilan aloqalar bo‘yicha direktori Lena Mas bilan kelishib oldi, deb xabar beradi «Dunyo».

 «Mas taʼkidlaganidek, (…) Bloomberg respublikaning sayyohlik va sarmoyaviy jozibadorligini izchil oshirishda yordam berishga tayyor», — deyiladi xabarda. Kompaniya vakili, shuningdek, guruh nashrlari mamlakatning turizm salohiyatini oshirishga yordam berishini aytdi.

«Bloomberg Media» Bloomberg korporatsiyasining bir qismi bo‘lib, biznes va moliyaviy ma’lumotlarga qaratilgan media xizmatlarini taqdim etadi.

Avvalroq «Kursiv» Netflix, CNN va BBC O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilishini yozgan edi.

Shuningdek