Donald Tramp ilk bor praymerizda yutqazdi

eʼlon qilindi
AQShning sobiq prezidenti atigi 33,3 foiz ovoz oldi
Foto: John Hain / Pixabay

Donald Tramp Vashingtondagi praymerizda ilk bor o‘zining asosiy raqibi Nikki Xeyliga yutqazdi, deb yozdi The New York Times.

Ikkala siyosatchi ham Respublikachilar partiyasi vakili. Sanoq natijalariga ko‘ra, Xeyli 62,8 foiz, Tramp 33,3 foiz ovoz olgan.

AQSh saylov poygasining navbatdagi yirik voqeasi 5 mart kuni bo’lib o’tadi. Shu kuni 15 shtat bir vaqtning o’zida praymeriz o’tkazadi va ularning natijalari Xeyli va Tramp o’rtasidagi qarama-qarshilikda hal qiluvchi bo’lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Nyu-Gempshirda o‘tkazilgan praymerizda Donald Tramp 55 foiz ovoz olib, prezidentlik poygasida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq Kursiv AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning praymerizdagi g‘alabasi haqida yozgan edi.

Shuningdek