Fitch “O‘zmetkombinat” reytingi prognozini salbiyga o‘zgartirdi

eʼlon qilindi
Xalqaro reyting agentligi kompaniya uchun xavflarni sanab o'tdi
Foto: O‘zmetkombinat

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi «Oʻzmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatini «BB-» darajasidagi «barqaror» prognozidan «salbiy»ga oʻtkazdi.

Agentlikning maʼlum qilishicha, qayta koʻrib chiqish «Oʻzmetkombinat»ning 2023-2024-yillarda qarz yukining kutilganidan yuqori boʻlgan bosqichi bilan izohlanadi. Sababi kompaniyaning kengayish kapital xarajatlari zaifroq bozor sharoitlari va ishlab chiqarish xarajatlarining oʻsishiga toʻgʻri keladi.

Fitch Ratingsʼning hisobotlariga koʻra, 2025-2026-yillarda «Oʻzmetkombinat» qarz yukining bosimi moʻtadil boʻlishini kutayotgan boʻlsa-da, uning likvidligi cheklangan. Qolaversa, yetakchi «Quyuv-prokat kompleksini qurish» investitsiya loyihasi amalga oshirish xavfi ostida qolmoqda. Agentlikning prognozlariga koʻra, bu omillar «Oʻzmetkombinat»ning «B+» Mustaqil Kredit Profiliga (SCP) bosim oʻtkazadi, bu esa «Oʻzmetbombinat»ning kichik, ammo ortib borayotgan, koʻlami va korporativ boshqaruv cheklovlarini, shuningdek, Oʻzbekistonning ichki bozoridagi mustahkam oʻrnini va oʻrtacha xarajatlarini aks ettiradi.

Ftich «Oʻzmetkombinat»ning qarorlar qabul qilishini va hukumat tomonidan nazoratini «kuchli» deb hisoblaydi, chunki hukumat kompaniyaning 93 foiz ulushiga va uning kompaniyaning operatsion faoliyati va investitsiya dasturi ustidan nazoratini oʻrnatgan.

Shuningdek, agentlik «Oʻzmetkombinat»ning davlat siyosatidagi rolini saqlab qolishini «kuchli» deb baholaydi. Sababi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan barcha metall mahsulotlarining 80 foizi AJ hissasiga to‘g‘ri keladi.

Maʼlumot uchun, 2022-yilda «Oʻzmetkombinat» Ftich Ratings xalqaro reyting agentligining suveren «BB-» darajasida «barqaror» prognozi bilan xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritgan edi.

Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, «Oʻzmetkombinat» aksiyalarining narxi har bir aksiya uchun 6 ming soʻmdan oshgan boʻlsa, 2023-yil boshida investorlar uni deyarli 9 mingga sotib olgan, yaʼni qogʻoz oʻz qiymatining uchdan bir qismini yoʻqotgan. Oxirgi sezilarli pasayish kuzda, biznes uchun Oʻzbekistonda elektr energiyasi narxlari liberallashtirilgani maʼlum boʻlganida yuz berdi.

2024-yil 1-mart holatiga ko‘ra, «O‘zmetkombinat»ning bitta oddiy aksiyasi uchun «Toshkent» Respublika fond birjasidagi yopilish narxi 6100 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek