Olmaotada zilzila yuz berdi - video

eʼlon qilindi
Yer silkinishlari magnitudasi 6,1 ni tashkil etdi
Foto: Depositphotos

Qozog‘iston Seysmologik tajriba-metodik ekspeditsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6,1 magnitudali zilzila Olmaotada Toshkent vaqti bilan 11:22 da sezilgan.

Zilzila epitsentri Qozog‘istonning Olmaota shahridan 31 km janubda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun yana soat 8:50da Qozog‘istonda zilzila qayd etilgan, epitsentri Xitoyda bo‘lgan. Magnitudasi 4,7 ni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘istondagi yaqinda ro‘y bergan zilzila paytida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan va vahima qo‘zg‘atgan shaxslar javobgarlikka tortilishini yozgan edi.

Shuningdek