O‘zbekiston TIV sobiq rahbari o‘g‘lining kompaniyasi “O‘zbekneftgaz”ning yana bir korxonasini sotib oldi

eʼlon qilindi
Avvalroq uning kompaniyasi yonilg'i quyish shoxobchalari tarmog'ini sotib olgan
Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri(KTYDR) maʼlumotlariga koʻra, Daniyar Kamilovning firmasi ilgari «Oʻzbekneftgaz»ga tegishli boʻlgan Chinoz neftni qayta ishlash zavodini sotib olgan.

Kamilov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li hisoblanadi.

KTYDR ma’lumotlariga ko’ra, Kamilovga tegishli Petroleum Technology Group zavodning yangi qonuniy egasi hisoblanadi. Avvalroq uning kompaniyasi «O‘zbekneftgaz» yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i – UNG Petro’ni sotib olgan edi.

Chinoz neftni qayta ishlash zavodi 2016-yilda tashkil etilgan bo‘lib, korxona poytaxt viloyatida joylashgan. Zavod neft mahsulotlarini avtomobil yonilg’isi va moylariga qayta ishlaydi. Uning quvvati yiliga 117 ming uglevodorodni tashkil etadi.

Bungacha O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu kompaniyani bir necha marta sotishga uringan.

Avvalroq «Kursiv» Daniyar Kamilov 2023-yilning yozidan buyon Ural kon-metallurgiya kompaniyasining egasi ekanligini yozgan edi.

Shuningdek