Qozogʻitonning yangi bosh vaziri Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
Ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish uchun
Foto: gov.kz

Fevral oyida Qozogʻiston bosh vaziri etib tayinlangan Oljas Bektenov Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda mamlakat hukumati o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Bektenov mart oyida oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda. Hukumat rahbarlari savdo va investitsiyaviy hamkorlik, shuningdek, transport, sanoat, qishloq xoʻjaligi va energetika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

«Kursiv» Bektenov fevral oyining birinchi oʻn kunligida Qozogʻiston bosh vaziri lavozimiga tayinlangani, bir kun avval mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hukumat isteʼfosi toʻgʻrisidagi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edi.

Maʼlumot uchun, 2022-yildan 2024-yilning fevral oyigacha Alixon Smoilov Qozogʻiston bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek