Yangiliklar

Uorren Baffet 2023-yilda xayriya ishlariga $5,2 milliard yoʻnaltirdi va bu borada yana bir bor yetakchi boʻldi

U ketma-ket to‘rtinchi yil birinchi o‘rinni egallamoqda
Foto: Gerchik&Co

Berkshire Hathaway xolding kompaniyasi rahbari Uorren Baffet AQShning Forbes jurnaliga koʻra, 25 ta eng yirik amerikalik xayriyachi reytingida ketma-ket toʻrtinchi yil yetakchilik qildi.

2023-yilda milliarder xayriya ishlariga $5,2 milliard ajratdi. Unga koʻra, Baffet, Bill va Melinda Geyts bilan birgalikda boyligining 99 foizigacha xayriya ishlariga yoʻnaltirishga vaʼda bergan edi.

Forbes maʼlumotlariga koʻra, Berkshire Hathaway rahbarining umumiy xayriyalari $56,7 milliardga yetgan.

Geytslar juftligi reytingda ikkinchi oʻrinda. Ular oʻtgan yili xayriya ishlariga $42,5 milliard daromaddan $4,1 milliard ajratdi.

Kuchli uchlikni amerikalik treyder va moliyachi Jorj Soros yakunlab beradi, u xayriya ishlariga $2,6 milliard ajratgan, umumiy hisobda boʻlsa, $21 milliard xayriyaga yo‘naltirgan.

Umumiy olganda, amerikalik milliarderlar 2023-yilda xayriya ishlariga $25 milliard yo‘naltirdi. Shu bilan birga, ularning boyligi yil davomida 44 foizga oʻsib, 1,35 trillion dollarga yetdi.

Avvalroq «Kursiv» Google kompaniyasi asoschisi Sergey Brin 2022-yilda birinchi marta AQShning eng saxiy 25 nafar milliarderlari qatoriga kirgani haqida xabar bergan edi.