O‘zbekiston 2030-yilgacha aviatsiyaga 3,5 milliard dollargacha sarmoya kiritadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Buxoro shahrida yangi aeroport quriladi
O‘zbekiston 2030-yilgacha aviatsiyaga 3,5 milliard dollargacha sarmoya kiritadi / Foto: Toshkent aeroporti

O‘zbekiston 2030-yilga qadar aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga $3 – $3,5 mlrd investitsiya ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Havo transporti boshqarmasi boshlig’i Jamoliddin Nazarov MRO Central Asia Conference Uzbekistan 2026 konferensiyasida ma’lum qildi.

Asosiy investitsiya hajmi $2,5 – $2,6 mlrd yangi aviatsiya hubini Toshkentda qurishga yo‘naltiriladi. Loyiha doirasida yiliga 20 mln yo‘lovchini qabul qila oladigan zamonaviy aeroport qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalga oshirish muddati 2028 – 2032 yillarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Buxoro shahrida yangi aeroport qurilishi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning qiymati $226 mlnni tashkil etadi. Yangi aeroport 2027-yilda foydalanishga topshiriladi.

Infratuzilmani modernizatsiyalashga $223 mln, shuningdek, keyingi to‘rt yil ichida hududiy aeroportlarni rivojlantirishga $400 mlngacha sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun tender e’lon qilingan edi.

Shuningdek