Dollarning qiymati 1 so‘mga ko‘tarildi
eʼlon qilindi
Bugun uning qiymati 12 526,39 so‘mni tashkil qildi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/03/piqsels.com-id-zbkpe-1-1024x576.jpg)
5-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 1,38 so‘mga o‘sdi va 12 526,39 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 460 – 12 475 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 525 – 12 590 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 10,56 so‘mga o‘sgan edi.