2024-yilda Ramazon oyi qachondan boshlanadi

eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi ma'lum qildi
Foto: ingeniousbuddy / www.depositphotos.com

Oʻzbekistonda musulmonlari idorasi 2024-yil uchun Ramazon oyi qachondan boshlanishini maʼlum qildi.

«Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni eʼtiborga olib, hijriy 1445-yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024-yil 11-mart, dushanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida yakdil fikrga keldi», — deyiladi xabarda.

Unda taʼkidlanishicha, oʻtgan hafta turkiy davlatlar fatvo kengashlarining ushbu masala boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Ozarbayjon va Oʻzbekistondan vakillar ishtirok etdi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston aholisi uch kun dam olishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek