O‘zbekistondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari ikki barobar ko‘p gaz oldi

eʼlon qilindi
Respublikada ishlayotgan «zapravka»lar soni 648 tagacha ko‘paydi
Foto: Piqsels

4-mart, dushanba kuni O‘zbekistondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga 5,2 million kubometr yetkazib berildi. Bu 3-martdagi ko‘rsatgichlargan ikki baravar ko‘pdir, deb xabar qildi Energetika vazirligi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan yoqilg‘i quyish shoxobchalari soni 280 tadan 648 taga ko‘paydi.

Boshqarmaning qayd etishicha, O‘zbekiston aholisi ham gaz quyish shoxobchalari orqali 1 million tonna suyultirilgan gaz olgan.

Avvalroq Kursiv Toshkent viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida haydovchilar ommaviy mushtlashuv uyushtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek