Yaponiya ishchi kuchi tanqisligi muammosini muhojirlar yordamida hal qiladi

eʼlon qilindi
Davlat xorijliklarni tayyorlash va integratsiya qilish tizimini yaratadi
Foto: Unsplash

Yaponiyada malakasiz mehnat muhojirlarini tayyorlashning yangi tizimi yaratilishi rejalashtirilgan. Mamlakat rasmiylari ishchi kuchi tanqisligiga qarshi shunday kurashmoqchi, deb yozadi The Japan Times.

Migrantlar uch yil ichida zarur mehnat ko‘nikmalarini egallashlari kutilmoqda. Shundan so’ng ular Yaponiyada yashash uchun ruxsatnoma olish uchun ariza topshirishadi.

Dastur Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida ishtirok etgan vazirlar yig‘ilishida ma’qullandi. U mamlakatni xorijlik ishchi kuchi uchun jozibador joy sifatida joylashtirish zarurligini bildirdi. Hukumat tegishli qonun loyihasini tayyorlamoqchi.

Yangi dastur qabul qilinsa, 1993-yildan boshlab rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan kadrlarni tayyorlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan xorijlik mutaxassislar uchun texnik amaliyot o‘tash tizimi o‘rnini bosadi. Bu dastur juda ko‘p marta tanqid qilindi, chunki amalda stajyorlar ko‘pincha arzon ish kuchi sifatida ishlatilgan.

Avvalroq «Kursiv» Yaponiya iqtisodiyotining holatini tavsiflovchi Nikkei fond indeksi bu hafta rekord darajaga yetganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek