YeTTB O‘zbekistonda «yashil» va inklyuziv kreditlashni qo‘llab-quvvatlaydi

eʼlon qilindi
Moliyalashtirish “Ipoteka-bank” orqali amalga oshiriladi
Foto: Reuters

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Oʻzbekistonda «yashil» va inklyuziv kreditlashni rivojlantirish uchun $20 milliongacha mablagʻ ajratadi, deb xabar qildi moliya tashkiloti matbuot xizmati.

Moliyalashtirish «Ipoteka-bank» orqali amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda YeTTB O‘zR Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish fondi (GEFF) orqali $10 million ajratadi. Bu O‘zbekiston fuqarolariga, shuningdek, kichik va o‘rta kompaniyalarga «yashil» texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini beradi.

Qolgan $10 million esa respublikadagi tadbirkorlarga yordam berish va ayollar biznesini rivojlantirishga qaratilgan «Markaziy Osiyo ishbilarmon ayollari» (WiB) tashabbusiga yoʻnaltiriladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida YeTTB STEAM universiteti bilan birgalikda Oʻzbekistondagi tadbirkor ayollar uchun Moving Up biznesini tezlashtirish dasturini yakunlagan edi. Unda 60 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Avvalroq «Kursiv» YeTTB O‘zbekistondan energetik ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonaga 15 million yevro ajratishini yozgan edi.

Shuningdek