Hindistonning eng boy oilalaridan biri oʻgʻlini uylantirmoqda — foto
Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oʻgʻlini uylantirish munosabati bilan uch kunlik ziyofat tashkil qildi. Dabdabali marosimga koʻplab taniqli shaxslar, jumladan, texnologiya sohasidagi tadbirkorlar Bill Geyts va AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp, Mark Sukerberg hamda qoʻshiqchi Rianna taklif etildi. Reuters nashri marosimdan fotojamlanma taqdim qildi.
Ananta
Maʼlumot uchun, Mukesh Ambani Hindistondagi eng yirik xususiy kompaniya Reliance Industriesning direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. 2023-yilda uning boyligi $83,4 milliardga baholangan.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yil boshida Hindistonning eng boy odami Gautam Adani boʻlgani haqida xabar bergan edi. Ambani boʻlsa, roʻyxatda ikkinchi oʻrinni egallagan.