Oltin narxi tarixiy rekordni yangiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yil davomida qimmatbaho metallar narxi 15 foizga oshdi.
Foto: bashta/Depositphotos

Seshanba kuni kunduzi oltin narxi rekord darajaga yetdi. Troy untsiyasi narxi $2141,79, deya xabar beradi Le Figaro.

Avvalgi rekord ($2 135,39) dekabr oyida o‘rnatilgan edi. Yil davomida qimmatbaho metallar narxi 15 foizga oshdi.

Nashrning yozishicha, oltin narxining oshishiga bir qancha sabablar bor.

Materialda ActivTrades brokerlik firmasi tahlilchisi Rikardo Yevangelistaning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi: «Xalqaro iqtisodiy ko‘rinish, geosiyosiy keskinliklar va foiz stavkalarining kutilayotgan pasayishi bilan bog’liq xavotirlar qimmatbaho metalga bo’lgan talabni oshirdi”.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda besh gramm og‘irlikdagi oltin quyma narxi birinchi marta 4,3 milliondan oshganini yozgan edi.

Shuningdek