O‘zbekistonda energiya resurslarga cheklovlar yumshatilmoqda

eʼlon qilindi
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Depositphotos

Isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan taʼminlash bilan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha AOKAʼda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

5-mart holatiga koʻra, respublikaga 6 foizga koʻproq energiya yetkazib berildi, kechagi kunga nisbatan oʻsish 50 megavattni tashkil etdi. Iste’mol oshgani sababli 850 megavattgacha cheklovlar kiritilishiga majbur boʻldi.

Gaz isteʼmoli ham 12 foizga oshdi, mahalliy hokimliklar gaz va elektr energiyaga qo‘yilgan cheklovlarni bosqichma bosqich olib tashlamoqda.

Oʻtgan 24 soat ichida 848 ta yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali 9 mln kub metr tabiiy gaz, shuningdek, 940 ming tonna suyultirilgan gaz sotilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari ikki barobar ko‘p gaz olganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek