Pavel Durov: “Telegram Instagram va Facebookʼdan ishonchliroq”

eʼlon qilindi
2023-yilda messenjer atigi to‘qqiz daqiqa ishlamagan
Foto: Unsplash

Telegram messenjeri Meta kompaniyasiga tegishli Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga qaraganda ishonchliroq ishlaydi, dedi telegram asoschisi Pavel Durov.

Bir kun avval Instagram va Facebook tarmoqlarida uzilishlar yuz bergan edi.

«Instagram va Facebook ishlamay qolganda soʻnggi bir soat ichida millionlab odamlar roʻyxatdan oʻtib, Telegramʼda kontentlari bilan boʻlishdi. Qizigʻi shundaki, Telegram bu servislardan koʻra ishonchliroq», — deb yozdi Durov oʻz Telegram kanalida.

Tadbirkorning taʼkidlashicha, Telegram 2023-yil davomida atigi toʻqqiz daqiqa ishlamagan.

Durovning soʻzlariga koʻra, kompaniyaning messenjerga xizmat koʻrsatuvchilari Metaʼdan taxminan mingtaga kichikroq.

Avvalroq Meta ijtimoiy tarmoqlaridagi uzilishlar boʻlayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek