6-mart, chorshanba kuni erta tongda Xitoyda zilzila sodir boʻldi, uning taʼsiri Olmaota shahrida ham sezildi. Bu haqda Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Seysmik stansiyalar tarmogʻi mahalliy vaqt bilan soat 05:09 da yer silkinishlarini qayd etdi. Zilzila epimarkazi 5,4 ballni tashkil etgan boʻlsa, Olmaotada ikki magnitudali zilzilalar sezilgan.
«Kursiv» 4-mart kuni Olmaotada 6,1 magnitudali zilzila sotir boʻlgani haqida xabar bergan edi.