Xitoyda sodir boʻlgan zilzila Qozog‘istonda sezildi

eʼlon qilindi
Zilzila epimarkazi 5,4 ballni tashkil qildi
Foto: gmac84 / www.depositphotos.com

6-mart, chorshanba kuni erta tongda Xitoyda zilzila sodir boʻldi, uning taʼsiri Olmaota shahrida ham sezildi. Bu haqda Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Seysmik stansiyalar tarmogʻi mahalliy vaqt bilan soat 05:09 da yer silkinishlarini qayd etdi. Zilzila epimarkazi 5,4 ballni tashkil etgan boʻlsa, Olmaotada ikki magnitudali zilzilalar sezilgan.

«Kursiv» 4-mart kuni Olmaotada 6,1 magnitudali zilzila sotir boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek