Ilon Maskning kompaniyasiga tegishli “yoʻqolgan” samolyoti Tolibon tomonidan topildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Samolyot Litvaning Shaulyai aeroportidan parvozga chiqqan
Foto: ijtimoiy tarmoq

Eron osmonida «yoʻqolgan» Airbus A340-600 Afgʻonistonga qoʻngan.

Flightaware maʼlumotlariga koʻra, samolyot avvaliga Chabahor aeroporti hududida Eron osmonida paydo boʻlgan, soʻngra Kobul hududida Afgʻoniston ustidan pastlaganida gʻoyib boʻlgan.

6-mart kuni Litvaning Shaulyai aeroportidan ikkita Airbus A340 samolyoti havoga koʻtarilgani xabar qilingan edi. Turli manbalarga koʻra, ular Filippindagi Klark-Anjeles Siti xalqaro aeroportiga yoki Shri-Lankadagi Kolomboga qoʻnishlari kerak edi.

Lekin keyinchalik Elon Maskning Invest Co Ltd kompaniyasiga tegishli boʻlgan ikkala samolyot ham Tehron va Chexbehar aeroportidan shimolda FL230 — FL270 (7-8 km) parvoz darajasida radarlardan gʻoyib boʻlgan.

Avvalroq Boeing 737 Max samolyotlari dasturi rahbarini ishdan boʻshatgani haqida xabar qilingan edi.

Shuningdek