Eron osmonida «yoʻqolgan» Airbus A340-600 Afgʻonistonga qoʻngan.
Flightaware maʼlumotlariga koʻra, samolyot avvaliga Chabahor aeroporti hududida Eron osmonida paydo boʻlgan, soʻngra Kobul hududida Afgʻoniston ustidan pastlaganida gʻoyib boʻlgan.
6-mart kuni Litvaning Shaulyai aeroportidan ikkita Airbus A340 samolyoti havoga koʻtarilgani xabar qilingan edi. Turli manbalarga koʻra, ular Filippindagi Klark-Anjeles Siti xalqaro aeroportiga yoki Shri-Lankadagi Kolomboga qoʻnishlari kerak edi.
Lekin keyinchalik Elon Maskning Invest Co Ltd kompaniyasiga tegishli boʻlgan ikkala samolyot ham Tehron va Chexbehar aeroportidan shimolda FL230 — FL270 (7-8 km) parvoz darajasida radarlardan gʻoyib boʻlgan.
Avvalroq Boeing 737 Max samolyotlari dasturi rahbarini ishdan boʻshatgani haqida xabar qilingan edi.