Kim Chen In armiya tayyorgarligini kuchaytirish kerakligi haqida topshiriq berdi

eʼlon qilindi
Shimoliy Koreya yetakchisi armiya bazasiga tashrif buyurdi
Foto: DW

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kecha harbiy mashgʻulotlar uchun asosiy armiya bazasini koʻzdan kechirdi. Bu haqda mamlakat Markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar bermoqda.

Kim bazaning oʻquv maydonlari holati bilan tanishdi, shundan soʻng, ularni rivojlantirish, qoʻshinlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarurligini bildirdi. Shuningdek, davlat rahbari mashgʻulotlar boʻyicha hisobotni koʻzdan kechirib, ularni oʻrgandi. Tashrif yakunida Kim askarlar bilan suratga tushdi.

«U (Kim – Tahrir) barcha armiya hozirgi vaziyat talablariga muvofiq urushga tayyorgarlikni jadallashtirishda rivojlanishning yangi davrini shiddat bilan ochishi kerakligini alohida taʼkidladi», — deyiladi KCNA bayonotida.

Mamlakat rahbari «urushdagi gʻalabani kafolatlash uchun yanada jadalroq va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishni» buyurdi.

Avvalroq «Kursiv» Shimoliy Koreya konstitutsiyada mamlakatning asosiy dushmani Janubiy Koreya ekanligi haqidagi qonunni mustahkamlamoqchi ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek