Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” musobaqasida muddatidan oldin chempion boʻldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Abdusattorov 8 balldan 6 ochko jamgʻardi
Foto: FIDE

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» turnirida muddatidan avval gʻalaba qozondi. Grossmeyster turnir yakunlanishiga bir tur qolganida chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Abdusattorov 8 balldan 6 ochko jamgʻargan boʻlsa, uning eng yaqin taʼqibchilari 4,5 ochkodan jamgʻardi.

Shu tariqa, oʻzbekistonlik shaxmatchi 2765,5 ball bilan dunyoning eng kuchli shaxmatchilarining onlayn reytingida 4-oʻrinni egalladi. U amaldagi jahon chempioni Ding Lirenni magʻlub etdi.

Foto: 2700chess

Eslatib oʻtamiz, fevral oyi oʻrtalarida Nodirbek Abdusattorov «Fischer Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turnirining soʻnggi bosqichida blits va rapid boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni magʻlub etgan edi.

Shuningdek