Dragon Ball manga yaratuvchisi Akira Toriyama vafot etdi

eʼlon qilindi
Yaponiyalik illyustrator 68 yoshda edi
Foto: «RBK»

Dragon Ball manga yaratuvchisi («Ajdaho marvaridi») Akira Toriyama 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Toriyama 1955-yilda tugʻilgan. U 1980-yillarda illyustratsiyalar nashr eta boshlagan. Toriyama koʻplab animelar asosida yaratilgan Dragon Ball mangasi tufayli mashhurlikka erishgan

Dragon Ball mangasi One Piece va Naruto bilan birga eng koʻp sotilgan manga hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri yaponiyalik animator Xayao Miyazakining «Bola va qarqara» animesi «Oltin globus»ga sazovor boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek