Oʻzbekistonning eng yirik soliq toʻlovchi kompaniyalarida ayol rahbarlar qancha

eʼlon qilindi
Kursiv Research ochiq ma'lumotlarga tayanib hisoblab chiqdi
Foto: Gorgev / depositphotos.com

Oʻzbekistondagi eng yirik soliq toʻlovchi kompaniyalari top-menejerlarining umumiy sonida ayollarning ulushi 6,6 foizni tashkil etadi. Kursiv Research tahlilchilarining taʼkidlashicha, boshqaruv kengashi aʼzolarining 6 foizi ayollar, 7 foizi esa direktorlar kengashlarida.

Menejmentda gender tenglik boʻyicha yetakchi «OʻzBAT» hisoblanadi: 13 top-menejerdan 5 nafari ayollar, bir nafar boshqaruvda, toʻrt nafari esa direktorlar kengashida.

Ikkinchi oʻrinda «Oʻzmetkombinat»: 18 nafar top-menejerlardan toʻrt nafar ayol, boshqaruv kengashida uch nafar, direktorlar kengashida esa bir nafar.

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) umumiy boshqaruvda 18 nafar boshqaruvchidan 2 nafari ayol kishi va uchinchi oʻrinni egalladi.

Koʻrsatkichlar Oʻzbekistonning 20 ta eng yirik soliq toʻlovchi kompaniyalarining 18 tasi boʻyicha 2022-yil uchun ochiq maʼlumotlar asosida hisoblab chiqildi. «Coca-Cola Uzbekistan» va «Tobasco Uzbekistan» kompaniyalari rahbariyati haqida ochiq maʼlumotlar mavjud emas.

Shuningdek