Oʻzbekistonning Vengriyadagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonning yangi elchisi Budapeshtga keldi
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

Oʻzbekistonning Vengriyadagi yangi elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtga yetib keldi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

46 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda Tashqi ishlar vazirligida boshlagan. Vengriyaga elchi etib tayinlanguniga qadar Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek