Kot-d’Ivuar shelfida yirik neft va gaz koni topildi

eʼlon qilindi
Uning zahiralari 1,5-2 mlrd barrelga baholanmoqda
Foto: currahesshutter / depositphotos.com

Gvineya ko‘rfazida Kot-d’Ivuar qirg‘oqlaridan 45 km uzoqlikda, 7 km chuqurlikda boy neft koni topildi. Uning zahiralari 1,5-2 mlrd barrel neft va 67 mlrd kub metrga gazga baholanmoqda.

Neft qidiruvi Italiyaning Eni va Kot-d’Ivuardan Petroci tomonidan amalga oshirildi.

G‘arbiy Afrikadagi ushbu davlat shelfidagi birinchi yirik neft va gaz zaxiralari 2021 yilda topilgan. Bugungi kunda Baleine konida kuniga 22 ming barrel neft qazib olinadi. Uning zahiralari 2,5 mlrd barrel qora oltin va 93 mlrd kub metr gaz tashkil qiladi.

Baleine shahridan 120 km uzoqlikda joylashgan yangi kon Kalao deb ataladi. Eni hisob-kitoblariga ko’ra, buning uchun $5-6 mlrd sarmoya kerak bo‘ladi.

Prognozlarga ko‘ra, 2027 yilga borib Kot-d’Ivuar Afrikadagi eng yirik neft qazib oluvchi o‘nta davlatdan biriga aylanadi.

Avvalroq «Kursiv» Kanadaning Condor Energies kompaniyasi O‘zbekistonda gaz qazib olishni ko‘paytirishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek