Ramazon oyida O‘zbekistonda kam ta’minlangan va muhtojlarga yordam ko‘rsatiladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Prezident bu haqdagi qarorni imzoladi
Foto: monticello / depositphotos.com

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Muborak Ramazon oyini munosib saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatda oyni «milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda» o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

«Muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor berilsin».— hujjatda aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon oyi 11-martdan boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zR musulmonlari idorasi barcha shaharlar uchun Ramazon oyida ro‘za tutish jadvalini tasdiqlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek