Ramazon oyida Toshkentda transport harakati qaysi ko‘chalarda cheklanadi

eʼlon qilindi
“Taroveh” namozi tufayli
Fot: emkaplin / www.depositphotos.com

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 10-martdan boshlab masjidlarga tutash ko‘chalarda soat 19:00 dan 24:00 gacha transport harakati cheklanishi haqida ogohlantirdi.

«Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 10 mart kunidan boshlab har kuni soat 19.00 dan 24.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi»— deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent IIBB

Ushbu cheklovlar quyidagi ko‘chalarda bo‘ladi:

Mirzo Ulug‘bek tumanida:

— Tepa masjidi, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasigacha.

Bektemir tumanida:

— Alibek jome masjidi, M.Avezova ko‘chasidan Xusayin Boyqaro ko‘chasigacha.

Yashnobod tumanida:

— «Islom ota» masjidi, «Farg‘ona yo‘li» ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalarigacha.

— Ali ibn Abu Tolib jome masjidi, Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasigacha.

Mirobod tumanida:

— Valixo‘ja O‘g‘li ​​Norxo‘ja masjidi , Yangi Qo‘yliq – Fayziobod ko‘chalari chorrahasidan 5-Fayziobod ko‘chasigacha.

— Qo‘yliq ota jome masjidi,TXAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.

Sergeli tumanida:

— Maʼruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar.

— No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli – No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumanida:

— Usmon bin Maʼzum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.

— Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorraxasigacha.

— Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.

Yangihayot tumanida:

— Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar.

Shayxontohur tumanida:

— Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha.— Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.

Olmazor tumanida:

— Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.

— Islomobod masjidi KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon  chorrahasigacha.

— Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha.

Yunusobod tumanida:

— Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.

Uchtepa tumanida:

— Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha. — Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.

Chilonzor tumanida:

— Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.

— Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.

— Ubay ibn Kaʼf (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Shuningdek