Bitkoin narxi tarixiy rekordini yangiladi

eʼlon qilindi
Coindesk birjasiga ko‘ra
Foto: igorkol_tel/Depositphotos

Coindesk kriptovalyuta birjasi maʼlumotlariga koʻra, bitkoin 2024-yilning 11-martida yangi tarixiy maksimal darajaga yetib, $71 ming oshdi.

Toshkent vaqti bilan 14:17 da kriptovalyutaning narxi $71 589 tashkil qildi. Savdo platformasi ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi 24 soat ichida bitkoin $1,5 ming o‘sgan.

Savdo ochilishida uning qiymati $69,4 ming baholandi. Shu bilan birga kriptovalyutaning bozor kapitallashuvi $1,4 trln yetdi.

Oxirgi 24 soat ichida kriptovalyuta operatsiyalari soni 363 mingdan oshdi, o‘rtacha tranzaksiya summasi $6,9 tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» 6-mart kuni bitkoin $59,7 ming tushgani, keyinroq kriptovalyuta kursi $67,2 ming ko‘tarilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek