Chirchiqda Auezov universiteti filiali qachon ochiladi

eʼlon qilindi
Toshkent viloyatida universitet taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Foto: Qozog‘ston elchixonasi

2024 yilning kuzida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universiteti filialini ochishni rejalashtirmoqda, deyiladi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi xabarida.

Mart oyining birinchi o‘n kunligida Chirchiq shahriga O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘ratbay Sharipov, Qozog‘istonning mamlakatimizdagi elchisi Beybut Atamqulov tashrif buyurishdi. Universitet filialini ochishga tayyorgarlik bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.

Sentabr oyida maktab o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» universitet filiali 18 yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etishini yozgan edi. Ular orasida «Iqtisodiyot», «Yurisprudensiya» va «Xalqaro huquq» yo‘nalishlari bor.

Janubiy Qozog‘iston universiteti 1943 yilda tashkil etilgan bo’lib, Chimkent shahrida joylashgan. Bu oliygohda 76 ta texnik va gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Shuningdek