Ekologiya vazirligi huzurida Yoshlar kengashi tuziladi

eʼlon qilindi
U 75 kishidan iborat bo'ladi
Foto: Piqsels

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi huzurida 75 kishidan iborat Yoshlar kengashi tashkil etiladi. Tashabbus vazirlikning milliy yashil siyosatni amalga oshirishga yoshlarni jalb etish boʻyicha strategiyasi va rejalashtirilgan chora-tadbirlari taqdimoti doirasida taqdim etildi.

Kengash ijtimoiy tarmoqlarda «yashil» kampaniyalar o‘tkazish va mamlakatda muntazam ravishda eko tadbirlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, Yoshlar kengashi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida ekologiya faollari jamoalari tashkil etiladi.

Avvalroq Kursiv O‘zbekistonga «yashil» kreditlarni to‘lash uchun grant berilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek