Parijdagi Olimpiadada ishtirok etish uchun uch nafar o‘zbekistonlik bokschi kurash olib bormoqda

eʼlon qilindi
Italiyada litsenzion turnir bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Piqsels

Italiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha litsenzion turnirda uch nafar o‘zbekistonlik sportchi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Shu tariqa, Sabina Boboqulova 50 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida turnirning hal qiluvchi bosqichida ishtirok etadi. Musobaqada Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham ishtirok etmoqda.

Qolaversa, To‘rabek Habibullayev ishtirok etadigan navbatdagi jangda kim Olimpiadaga borishi aniq bo’ladi.

Olimpiya o’yinlari 2024 yilda Parijda bo’lib o’tadi.

Shuningdek