Qoraqalpogʻiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

eʼlon qilindi
Azarbayev tayinlovga qadar Qorao‘zak tumanida faoliyat yuritgan
Foto: Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Quanishbay Azarbayev Qoraqalpogʻiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Azerbayev ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Qoraqalpogʻistonning Qoraoʻzak tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Begis Temirbayev Qoraqalpogʻiston Madaniyat vaziri etib tayinlanganligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek