Yangiliklar

Qoraqamish kollektorining ifloslanishiga «shpaklevka» sabab bo’ldi

Ekologlar ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Piqsels

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi Qoraqamish kollektorining ifloslanishi sababini tushuntirdi. Boshqarma ma`lumotlariga ko’ra, undagi suv «shpaklevka» tufayli oqarib ketgan.

Ekologiya boshqarmasi poytaxt prokuraturasi bilan birgalikda chiqindini kollektorga tashlagan fuqaroni aniqladi. Unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima ham to‘laydi.

Ekologlar Qoraqamish kollektoriga yetkazilgan zararni baholamoqda. Tahlil natijalariga ko’ra qoplama to‘lovlari undiriladi.

Avvalroq Kursiv ekologik inspektori nima uchun jarimaga tortishi mumkinligi haqida yozgan edi.