Toshkentda havo sezilarli darajada tozalandi

eʼlon qilindi
Atmosferada PM2.5 konsentratsiyasi normadan biroz oshib ketdi
Foto: Unsplash

IQAir maʼlumotlariga koʻra, 11-mart, dushanba kuni Toshkent havosidagi PM2.5 zarralari miqdori JSST tomonidan tavsiya etilgan meʼyordan 3,4 barobar («oʻrtacha» sifat darajasi) oshib ketgan.

Screenshot: IQAir sayti

Shu bilan birga, 8-11 mart kunlari Toshkent havosi fevral oyiga nisbatan ancha toza bo‘ldi.

IQAir prognozlariga ko‘ra, 12-17 mart kunlari poytaxtdagi havo sifati «yaxshi» darajada bo‘ladi.

PM2.5 — chang, avtomobil shinalari, asfalt va og’ir metallarning aralashmalari.

Avvalroq Kursiv PM2.5 ning inson salomatligiga ta’siri haqida yozgan edi.

Shuningdek