Uzbekiston Airways Londonga muntazam aviaqatnovlarni koʻpaytiradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Joriy yilning aprel oyidan boshlab qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Unsplash

Uzbekiston Airways aviakompaniyasi 7-apreldan boshlab Toshkentdan Londonga qoʻshimcha reysni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Buyuk Britaniya poytaxtiga reyslar endi haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Xususan, yakshanba kunlar Gatwick aeroporti yoʻlovchilar uchun ochiq boʻladi. Aviakompaniya seshanba va juma kunlari Heathrow aeroportiga parvozlarni davom ettiradi.

Uzbekiston Airwaysʼning Toshkent-London yoʻnalishi boʻyicha ekonom-klassdagi aviachiptalari narxi 3,6 million soʻmdan boshlanadi. Biznes-klassda — 14,8 mln soʻmdan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Bangladesh havo qatnovini tiklash niyatida ekanini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek